Saturday, September 24, 2011

Bolalikta sing'an ko'ngil

Munnan yigirma jillar oldin Qarshi maktaplarining' bittasiga keganingizda bir nersani guwahi bo'lishing'iz mumkinidi:

– Palonchaev!
– Man!
– Pistonchayev!
– Man!
– Pismadonchayev!
– Men.

"Men" deb jowap bergan o'quwchi memman. "Men"nan keyin undow belgisi jo'xlig'igayam etibar bergan bo'sang'iz kerak. Chungki, "men" juda uyalip, tartinip aytilganiychin. "Qishlaqi" yo bo'masam "chiyal" dep kulishlari mumkin bo'g'aniychin.

Unnan tashqari, dadam "man" deganimdi eshitip qosa, urishishini bilayidim. Dadam bizardi tilimizdi o'zgartirganimizdi yoxtirmasiydi.

Dadamdi tasirima, yo o'zim sabapchima, "men" degan tilimdi "man"ga hicham o'zgartirmadim. Oqibat kutilganiday bo'ldi: sinipdoshlar tarapidan "chiyal" degan laqapka sazowor bo'ldim.

Shaar maktabidagi bu tajribam, menga juda tasir qildi: o'rislar aytganiday "kumpleks" poyda bo'ldi menda. Ancha jillar shu "kumpleks" minan yashashimga tuwri keldi. Jillar o'tip, bu "kumpleks"di anchasidan qutulg'an bo'samam, hazirgacha shuni tasiri qog'an dep o'ylayman.

Menimcha, shunga o'xshash nersa sizding' boshing'izdanam o'tkan bo'sa kerak. Siz azizlar minan dardlashish, jo'g'atilg'an yo bo'masam sindirilg'an o'ziga ishanish degan tuyg'uni yana hasil qilish, "j"lap gapirish yoki "j"lap gapiradigan ota-enaning bolasi bo'lishding' biram-bir kamchiligi jo'xlig'ini eslatish uchun shu blog'di boshladim. Xudayding' yordami minan blog sizarga qiziqarli wa poydali bo'ladi dep umit qilaman.

3 comments:

  1. Bul daptaring'iz bizg'a joqti.. sho'ni yana yozabering', biz voqiyberayliq :)

    ReplyDelete
  2. ossolomalaykum, yoxshimisis? dimag'ging'iz choxma? Uzr, birdan jowap beralmadim. Sayillaringiz minan!

    ReplyDelete
  3. Paqat oqish minan kipayalanmay, o'zing'izam jozip turing', og'aynnardi choqiring', ko'paylashkangga kemaytta, nima deysis shung'a?

    ReplyDelete