Tuesday, September 27, 2011

Galliwut qarshilik Dostan haqida kina tushirdi

Muni eshitib, meni o'tirikchig'a chiqarsang'izar keragow. Nekin, bu haqqat. Qarshilik Dostan hoqida kina olishipti. O'zim ko'rdim.

"Pors Shohzadasi: woxt qumlari" ("Prince of Persia: Sands of Time") degan kina, xutti shu qarshilik Dostan hoqidaykan.

Bachchaligida Erondi poshshasi olma o'g'rilap qo'lg'a tushkan Dostandi o'ziga ul qiliboladi. Shuytip, Dostandi sarguzashlari boshlanadi.

Endi kina hoqida ko'p gapirip jotmayman. O'zlaringiz ko'ribolarsizar. Nekin bitta nersani aytishim kerak: kinada juddayam ko'p torixiy xotalar bor.

  1. Birinchidan, kinadagi Eron poshshasi munnan 2500 jillar oldin o'tkan. Nekin poshsha borg'an shaar nimagadir "Nasaf" dep ko'rsatilgan. Manshu xota. Chunki 2500 jil oldin "Nasaf" degan shaar bo'mag'an; shaardi oti "Naxshab" yo bo'masam "Nashebolo" bo'g'an. Nasaf deb araplar bizarga dinimiz Islom'di apkegannan keyin aytila boshlag'an.
  2. Ikkinchidan, kinada darvishlar bor. Darvishlaram Islom'dan keyin poyda bo'g'an. Poyda bo'g'andayam kinadagi dawirdan 2000 jil keyin Turkiyada poyda bo'g'an.
  3. Uchinchidan, kinada hashishinlar bor, Hasan degan bo'mag'ur odam shulardan. Hashishinlardiyam poyda bo'ganig'a 800 jillar bo'ldi.
  4. To'rtinchidan, kinani yoxshilap eshitip ko'rsangiz, shaardagi odamlar eroncha/forscha/porschaymas, arapcha gapirip jopti. :)

Xotalar ro'yxotini yanayam dowam ettirish mumkin. Nekin, kinani zo'r bohanasi bor: bu kina torixiy kinamas, ko'ngildi ochadig'an kina, ertak kina desagam bo'ladi. Shuniychun, xotalarini gapirip jotisham unchalik tuwrimas. Paqat tomasha qip, mazza qilish kerak. Shundaymasma, a Jigillar?!

No comments:

Post a Comment